TUIT
Главная
Вход
Регистрация
Понедельник, 08-Дек-2025, 10:15 AMПриветствую Вас Гость | RSS
Меню сайта

Наш опрос
FreeWM.ru - WebMoney на халяву!
Universitet Internet tarmog'idan ko'nglingiz to'ladimi?

Результаты · Архив опросов

Всего ответов: 123

Главная » 2008 » Октябрь » 15 » «Shahzoda sarguzashtlari» yoxud Rossiyadagi ijod!!!
«Shahzoda sarguzashtlari» yoxud Rossiyadagi ijod!!!
6:47 PM
Yaqindagina siz azizlar uchun estradamiz mega yulduzi Shahzoda Rossiyda o'z ijodini boshlagani haqidagi ma'lumotni yetkazgan edik. Buning tasdig'i sifatida Rossiya telekanallari orqali namoyish etilayotgan "1000 i 1 noch" nomli taronasini va klipini ko'rsatish mumkin. Shahzodaning Rossiyadagi ijodi haqidagi barcha haqiqatlarni siz uchun maxsus faqat va faqat SB.uz portali sizga yetkazishga tayyor! Demak, "Shahzoda sarguzashtlari"ga marhamat!!!

Sevimli yulduzimiz ijodiga befarq bo'lmaganlar uchun SB.uz portali izlanishda davom etmoqda va Shahzoda ijodiga oid yangiliklarni yetkazishga tayyormiz. Shahzodaning Rossiyadagi ijodi o'zbek muxlislarini "shok"ka tushirdi, desak adashmasak kerak. Zero, uning ijodi O'zbekistonda juda qadrlanadi.
Endi gapni cho'zmagan holda barcha yangiliklarni tinglaymiz. Shahzoda ijod qilayotgan "Tarona Records" kompaniyasiga yo'l oldik va Shahzodaning Rossiyadagi ijodi haqida ma'lumotlar olishga kirishdik. Studiyada bizni studiya direktori Davron Muqimov qarshi oldi. Yaqin kunlarda Shahzoda bilan eksklyuziv intervyu uyushtirish kelishib olingandan so'ng, bizga kerakli ma'lumotlarni voqif qildi.
1) Shahzodaning Rossiyadagi ilk ijod namunasi "1000 i 1 noch" deb nomlanadi. Qo'shiq matni Shahzoda ijodidan, musiqa va aranjirovka muallifi Ravil Gimazutdinov.
2) "1000 i 1 noch" taronasiga yurtimizning eng mashhur klipmeykeri "BVS" studiyasi rahbari Bahodir Yo'ldoshev suratga olgan. Klip katta byudjetli bo'lib, kinotasmaga tasvirga tushirilgan. Klip suratga olish jarayoni O'zbekistonda kechmagan. Klipda Shahzoda muhabbat suvi timsolida namoyon bo'lgan.
3) Ayni kunlarda klip Rossiyaning "RUTV" va "MUSICBOX" kabi telekanallarida namoyish etilmoqda. Qo'shiq ham Rossiya radioto'lqinlaridan tushmay jarang sochmoqda.
4) Rossiyada Shahzodaga taniqli xonanda Valeriyaning turmush o'rtog'i Iosif Prigojin prodyuserlik qilmoqda.
5) Hozirda Shahzoda ikki albom ustida ish olib bormoqda. Albomlardan biri Rossiya uchun mo'ljallangan bo'lsa, ikkinchisi o'zbek muxlislari uchun tayyorlanmoqda.
6) Tez kunlarda Shahzoda Rossiya estradasi yulduzlaridan biri bilan duet kuylashi ham ehtimoldan holi emas. Kim ekanligini esa keyinroq ma'lum qilamiz.
7) Shahzodaning Rossiyadagi ilk fotojamlanmasi uchun hozirda tayyorgarlik ko'rilmoqda. Fotojamlanma tayyor bo'lgach, rasmiy sayti ustida ish boshlanadi.
8) Ikki yurtda o'z ijodini davom ettirish yo'lida yana ikki yangi tarona va klip tayyorlanmoqda. Rossiya uchun mo'ljallangan yangi klip "1000 i 1 noch" klipidan ham "super" chiqishi kutilmoqda.
9) O'zbek muxlislari uchun tez kunda Shahzoda o'zining yangi albomini taqdimotini o'tkazish niyatida. Albatta bosh hamkor SB.uz portali bo'ladi.

Просмотров: 4472 | Добавил: etuit
Всего комментариев: 6
6 Farusha  
0
Шахзода прекрасная певица я её обожаю, Желаю всего самого самого!)

5 Aziza Qodirova  
0
Shaxzoda xaqiqattanam zo'r. Ijodlariga omad

4 Ramesh  
0
ха албаттаШахзоданинг ижодига тан бериш керак. Иложи буса манга узларининг расмларини жунатсалар

3 Elyor  
0
MEn Shaxzodaning ijodini qadrlayman, xatto xar bir qo'shig'ini yuqori ko'tarinkilik bilan sevib eshitaman. Agar iloji bo'lsa ZIlolaxon o'zining foto suratlaridan mening pochtamga yuborsa bag'oyat xursand bo'lardim. Men Zilolaxondan Mening pochtamga xat yozishini juda xam istardim. Iltimos muxlisingizning birgina iltimosini qondirsangiz? Kutaman

2 ulugbekjonbek  
0
shahzoda meni eng sevimli qo'shiqchim Zilola sizga omad

1 ulugbekjonbek  
0
shahzoda ijodidan lolman

Имя *:
Email *:
Код *:
Форма входа

Календарь новостей
«  Октябрь 2008  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031

Поиск

Друзья сайта


Copyright MyCorp © 2025