Google Inc. — amerika kompaniyasi, mashxur Google qidiruv tizimi orqali barchaga tanishdur. Tizimdagi reklama orqali mazkur kompaniya xar yili milliardlar dollar moliyaviy foyda ko'rishi xam ko'plarga ma'lum. Kompaniyani ilk marotaba - Lerri Peydj va Sergey Brinlar ochishgan. 2008 yilning 7 yanvar oyida mazkur eng mashxur veb sayt 10 yoshga to'ldi. 1998 yilda Google ilk marotaba AKSh, Kaliforniyadagi Menlo-Parkdagi ofisini eshiklarini ochishdi.
Internetdagi qidiruv tizimlarining "lider"i va u internet bozorining
70% egallab turibdi, bu degani internetda ma'lumotlarga muxtoj bo'lgan
insonlarning 10 dan 7 si o'ziga kerakli ma'lumotni kidirish uchun
Google dan foydalanadi. Xozirgi kunda mazkur "lider" xar kuni 50 mln ga
yakin ma'lumot kidirish uchun talab oladi va bir necha soniyada 8
milliard veb saxifani tekshira oladi. Google korporasiyasi
yakinda olamshumul xabar aytishdi, xabarga ko'ra Google Jaxon Onlayn
Ensiklopediyasini yaratmokchi va ochikdan ochik mashxur Wikipedia
onlayn ensiklopediyasiga bu xakda xam bildirdi. Mashxur
Internet qidiruv tizimi endi kobiliyatli insonlarni o'z "nol" (Knol)
bazasiga o'zlarini makolalari va ilmiy ishlarini bepul joylashtirishga
taklif qilmokda. Google ma'muriyati "Bizning maksadimiz
shundaki, biz iktidorli insonlarni rivojlanishida yordam bermokchimiz.
Millionlab iktidorli insonlar bor. Ular foydali ma'lumotlarni bemalol
onlayn ensiklopediyamizga joylashtirib, milliardlab insonlar uchun
foyda keltirishlari mumkin" deb ta'kidlamoqda. Wikipedia bilan
Google ning farqi shundaki, Wikipedia - ma'lumotlarini t¢ldirish yoki
yangi ma'lumot yoritish uchun xech kanday ro'yxatdan o'tishsiz
ma'lumotlani o'zgartirishni jore' qilgan, bu esa ma'lumotlar anikligida
shubxa tug'dirishi mumkin. Google esa, anonim yoki noanonim avtorlarni
taklif qilmokda va ularni ma'lumotlarini xech kanday xatoliksiz bazaga
joylashtirib boradi. Suratlar xam Google yaratgan shablon b¢yicha joylashtirilib boriladi. Xozircha Google chilar fakatgina, shablon xammaga yokishi va kulay bo'lishi xaqida aytmokdalar.
Google xozirdan umid kilib bildirmoqda - "Umid qilamizki, serqirra
avtorlarimiz turli xil mavzularda maqolalar va ilmiy ishlar yozishib,
boshqa insonlarga xam o'z intellektlari bilan yordam beradilar."
|